Xizmat Tanishtiruvi
K-Tag chet ellik talabalar uchun foydali bo'lgan ma'lumotlarni aniq va sifatli tarzda ta'minlaydi
2023-yil Dekabr holatiga ko'ra
1 million +
Oflayn tarzda amalga oshirilgan chet ellik talabalar uchun ish topish hodisalar soni
Oflayn tarzda amalga oshirilgan chet ellik talabalar uchun ish topish hodisalar soni
30+
Xaridor bo'lgan logistik markazlar soni
Xaridor bo'lgan logistik markazlar soni
99.9%
Chet elliklarni ishga taklif qilish aniqlik darajasi
Chet elliklarni ishga taklif qilish aniqlik darajasi
0%
Ish joyidagi chet elliklar bilan baxtsiz vafot etish hodisalar kuzatilish darajasi
Ish joyidagi chet elliklar bilan baxtsiz vafot etish hodisalar kuzatilish darajasi
*Moslashtirilgan ish joyi takliflariga asoslangan holda
K-Tag butun mamlakat bo'ylab 33 xil universitetlar bilan hamkorlik qilmoqda
Ishlash uchun ruxsatnomaga ariza topshirish
Osonlashtirilgan hujjat tayyorlovi
Belgilangan rezidentlik huquqlaridan tashqari ishlash uchun ruxsatnoma olish K-Tag bilan juda oson

Moslashtirilgan ish takliflari
Moslashtirilgan ish e'lonlar ro'yxatlari
K-Tag o'zining foydalanuvchilariga VIZA holati va boshqa shaxsiy ma'lumotlaridan kelib chiqib mos ravishda ish o'rinlarini taklif etadi

Ish e'lonlari
Osonlashtirilgan ish e'lonlari nazorati
Ishlash uchun ruxsatnomaga ariza topshirish, moslashtirilgan ish e'lonlaridan boshlab ish shartomasini to'ldrishgacha barchasi bir platforma o'zida!

Foydalanuvchi izohlari
K-Tag platformasi yordamida ish topishda omadi kelgan chet ellik talaba fikrlari:
Ko'p takrorlanadigan savollar
Ko'p takrorlanadigan savollar
Ishlash ruxsatnomasini olgan chet ellik talabalar Janubiy Koreyada o'qishdan tashqari bo'sh vaqtlarda turli xil vaqtinchalik ishlarni qilib moddiy holatini yaxshilashi va buning uchun alohida shakllantirilgan VIZA turlariga o'zining talabalik VIZAsini o'zgartirishlari kerak bo'lmaydi.
Sizga kerak bo'ladi pasport, Koreyadagi ID karta, ish joyi bilan shartnoma va universitetingizdan tavsiyanoma. Eslatib o'tamiz, ayrim ish turlari uchun qo'shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkinligi sababli aniq va to'g'ri hujjatlar ro'yxatini platforma orqali tekshirishingiz mumkin
Odatda barcha kerakli hujjatlar topshirilgandan so'ng 3~4 hafta vaqt oladi. Biroq platformadan foydalanish orqali bu vaqtni qisqartirish mumkin.
Talabalar bunday ruxsatnomasiz har qanday ish turida ishlashi noqonuniy hisoblanadi va burli turli xil salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan: moddiy jarimalar, VIZA holati bekor qilinishi, majburiy mamlakatdan chiqarib yuborilish yoki boshqa jarimalar. Shu sababli bunday salbiy natijalarni ko'rmaslik uchun bo'sh vaqtlarda biror ish qilishni boshlashdan oldin albatta bu ruxsatnomani olish zarur.
Ro'yxatdan o'tishni pasport yoki ID kartasiz kelajakda endi Koreyaga kelmoqchi bo'lgan bo'lajak talabalar ham qiyinchiliksiz amalga oshirishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tib kelajakda o'zingiz qilmoqchi bo'lgan ishlar to'grisida ma'lumotlar olishingiz ham mumkin.
Shartnoma yozish mobaynida barcha ish shart-sharoitlari aniq keltirib o'tilgan va chet ellik talabalar qonun bilan ruxsat berilgan soat bilan ishlash kafolatlangan bo'lishi zarur. Shartnomani imzolashdan oldin har bir qismini yaxshilab tekshirishni unutmang.
Ishlash ruxsatnomasini olish uchun avvalo mos keladigan VIZA turi (D-2 va shunga o'xshash talaba yoki o'quvchi VIZAsi) va o'qishdagi baholar ma'lum bir darajadan past bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari o'qish joyidan tavsiyanoma ham talab qilinadi.